NatCom Unesco Uzbekistan

NatCom Unesco Uzbekistan

Share

UNESCO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi

Photos from NatCom Unesco Uzbekistan's post 09/12/2025

YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi XX sessiyasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida 8 - 13 - dekabr kunlari  bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasidan taqdim qilingan an’anaviy  musiqa asbobi  “Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati” (milliy) nomzodnomasini YUNESKOning Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy merosi elementlari ro‘yxatiga  kiritish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi. “Qo‘biz yasash va ijrochilik san’ati”ni YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi qo‘biz an’anasining tarixiy, ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi o‘rnini xalqaro darajada e’tirof etdi.

Qo‘mitaning qarorida qayd etilishicha, an’anaviy epik rivoyatlar — «jırau»larni ijro etishda keng qo‘llaniladigan musiqa asbobi sifatida qo‘biz muhim ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Xususan, u jamiyatda birdamlikni mustahkamlashga, shuningdek umumiy madaniy merosni asrab-avaylashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Ushbu maqom yurtimizga YUNESKOning muhofaza mexanizmlaridan kengroq foydalanish, ustoz va ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida an’anaviy musiqaga qiziqishni oshirish va mahalliy jamoalarning ushbu merosni asrashdagi faol ishtirokini kuchaytirish  imkonini yaratadi.
Shuningdek bu qaror qo‘biz san’atini ilmiy tadqiq etish, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, xalqaro hamkorlik loyihalarini kengaytirishga yordam beradi.

Photos from NatCom Unesco Uzbekistan's post 29/05/2024

🔈YUNESKO tashkiloti Barqaror rivojlanish ta’limi sohasida ESD Okayama 2024 mukofotini e’lon qilmoqda.

Mazkur mukofot dunyoning istalgan nuqtasida mahalliy hamjamiyatlarda ESD (Education for sustainable development)ni targʻib qiluvchi va eng yaxshi amaliyot namunasi sifatida xizmat qiluvchi tashabbuslarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Barqarorlikni yaratish yoʻlidadagi atrof-muhitni muhofaza qilish, jamiyatni rivojlantirish, an’anaviy madaniyat meros, madaniy xilma-xillik va inklyuziya kabi sohalardagi ilgʻor tajribalar tanlovga taqdim etilishi mumkin.

🔎Kim uchun: Barqaror rivojlanish ta’limi sohasida loyihalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
💸Mukofot: $3000
⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 12-iyul

Mukofotlanuvchi loyihani amalga oshiruvchi tashkilotning bir vakili Yaponiyaning Okayama shahridagi taqdirlash marosimiga taklif qilinadi va loyiha taqdimotini oʻtkazish imkoniga ega boʻladi. Taqdirlash marosimining rejalashtirilgan sanasi: 2024-yil 23-noyabr.

Ariza topshirish uchun havola telegram kanalimizda taqdim etilgan.
-
🔈ЮНЕСКО объявляет о присуждении Премии ESD Okayama 2024 в области образования в интересах устойчивого развития.

Данная премия приглашает к участию в конкурсе инициативы, которые способствуют распространению ESD (Education for sustainable development) в местных сообществах в любой точке мира и служат образцами передовой практики. Это поиск проектов, которые обучают и развивают людей, чтобы они учились друг у друга и предпринимали действия по созданию устойчивого общества с различных точек зрения, таких как сохранение окружающей среды, развитие сообществ, наследование традиционной культуры, разнообразие и инклюзивность, и многое другое.

🔎Для кого: Организации, реализующие проекты в области образования в интересах устойчивого развития
💸Премия в размере: $3000
⌛️Крайний срок подачи заявок: 12 июля 2024 г.

Один представитель организации, реализующей награжденный проект, будет приглашен на церемонию награждения в Окаяму, Япония, и ему будет предложено выступить с презентацией проекта. Запланированная дата награждения - 23 ноября 2024 года.

Ссылка для подачи заявки представлена в нашем телеграм канале.

Photos from NatCom Unesco Uzbekistan's post 14/05/2024


Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Buxoro shahrining yoshi ikki ming yildan oshadi. Bu Markaziy Osiyodagi oʻrta asr shaharlarining eng toʻliq namunasi boʻlib, shahar rejasi deyarli oʻzgarmagan.

Eng katta qiziqish bildiradigan yodgorliklar – o‘zining kamtarona nafisligi bilan hayratlanarli va butun musulmon olamida X asr me’morchiligining eng yaxshi namunasi bo‘lgan Ismoil Somoniy maqbarasi, XI asr Qoraxoniylar davriga oid va g‘ishtli bezaklarining durdona asari hisoblanadigan mashhur Poyi Kalon minorasi. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eng mashhur binolari: “Labi Hovuz” ansambli, Qoʻsh madrasa va Xoʻja Kalon ansamblidagi Govkushon madrasasi bunyod etildi. Buxoro tarixidagi ushbu bosqichning keyingi bunyodkorligiga mahobatli Abdullazizxon madrasasi (1652) kiradi.

Biroq Buxoroning asl ahamiyati alohida turgan binolarda emas, balki Shayboniylar sulolasi davrida boshlangan shaharsozlik va me’morchilikning yuksak va izchil darajasini ko‘rsatuvchi umumiy shahar manzarasidadir.

Buxoroning tarixiy markazi 1993-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
RU/ENG⬇️

09/05/2024

Aziz hamyurtlar!

Sizlarni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etamiz. Sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik va uzoq umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!

Vatanimiz tinchligi uchun kurashgan qadrli faxriylarimiz! Sizning qahramonligingiz hech qachon unutilmaydi!

Дорогие соотечественники!

Поздравляем Вас с 9 мая – Днем памяти и почестей. Желаем Вам и Вашим близким крепкого здоровья и долгих лет жизни, мира и благополучия Вашей семье!

Дорогие ветераны, сражавшиеся за мир нашей страны! Ваш героизм никогда не будет забыт!

Want your business to be the top-listed Government Service in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Website

Address


Tashkent

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00